"HUDUDGAZ FARG`ONA" GTF tarixi
«Hududgaz Farg‘ona» filiali (keyingi o‘rinlarda: «Filial») O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 iyundagi «Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-6010-sonli Farmoni va «Hududgazta’minot» aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining 2020 yil 19 iyundagi qaroriga asosan tashkil etilgan. Filial yuridik shaxs maqomiga ega emas, tugallanmagan balansga ega.
Filialning to‘liq nomi «Hududgazta’minot» aksiyadorlik jamiyatining «Hududgaz Farg‘ona» gaz ta’minoti filiali. Qisqartirilgan nomi: «Hududgazta’minot» AJ «Hududgaz Farg‘ona» filiali.
Pochta va yuridik manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Burxoniddin Marg‘inoniy ko‘chasi, 76 uy, pochta indeksi 150100.
Filialning asosiy vazifasi tabiiy va suyultirilgan gaz sotish bo‘yicha belgilangan hajmlari doirasida shartnomalar tuzish va tuzilgan shartnomalarga muvofiq iste’molchilarni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash;
- gaz tarmoqlaridan, gaz to‘ldirish shaxobchalari (stansiya)laridan hamda servis markazlaridan xavfsiz foydalanish qoidalari normativ talablariga rioya qilish, gaz ta’minoti ob’ektlarini avariyasiz ekspluatatsiya qilish sharoitlarini yaratish;
- gaz taqsimlash tarmoqlari, gaz to‘ldirish punkt(stansiya)lari inshoot va uskunalaridan gaz sizib chiqish holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- iste’molchilarga gaz jixozlaridan foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish;
- tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanish uchun iste’molchilarga belgilangan tartiblarda ruxsatnomalar (texnik shart) berish va hisobini yuritish;
- iste’molchilar bilan, jumladan ommaviy axborot vositalari orqali tabiiy va suyultirilgan gazdan oqilona va xavfsiz foydalanish hamda tabiiy va suyultirilgan gaz uchun hisob-kitob qilish tartibi bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish;
- iste’molchilar gaz jixozlarini taftish va ko‘rikdan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish;