Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaror qabul qilindi.
Unga koʻra, 2024–2025-yillarda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish belgilandi, shuningdek, 2024-yilning 1-may sanasidan elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi.
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Abdusamat Saidvaliyev gaz taʼminotida oʻzgarayotgan narxlar va bir oylik isteʼmol bazaviy meʼyorlari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Qaror nushasi bilan shu erni bosgan xolda lex.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin!
“Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmat.
Manba: "Hududgazta`minot" AJ telegram kanali