Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bor
🔥Korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, jamoat joylarida, omborxona binolarida, yotoqxonalar va turar joylarda, shuningdek tegishli obyektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurish chog‘ida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish yoki yong‘inga qarshi inventarlar, uskunalar, yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalaridan foydalanish va ularni saqlash qoidalarini buzish:
🔹fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (340 ming so‘mdan 1 mln 20 ming so‘mgacha);
🔹mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 20 ming so‘mdan 2 mln 380 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (O`zbekiston respublikasining moddiy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi)
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...