Bugun "Hududgaz Farg'ona" GTFda "Indarama Kokand textile" qo'shma korxonasi bosh muhandisi janob Sanjeev Agarvval mehmon bo'ldi.
Filial rahbari Shavkatjon Abdumajidov horijlik mehmon bilan suhbatda bo'lar ekan, davlat rahbari tashabbusi natijasida Farg'ona viloyatiga investitsiya kiritilgani, buning natijasida yangi ish o'rinlari yaratilganligi haqida aytib o'tdi. Shuningdek, rahbar ishlab chiqarish jarayonida texnik jihatdan tabiiy gaz ta‘minotida uzilishlar bo'lmasligi va bu borada ishchilar doimiy harakatda ekanligini, janob Sanjeev bilan hamkorlik faoliyat olib borish haqida aytib o'tid.
O'z navbatida horijlik mehmon bu yilgi qish mavsumi o‘g‘ir kelishiga qaramasdan tabiiy gaz ta'minoti bir me‘yorda yetkazib berilgani, shu sababli qo'shma korxona ishlab chiqarishi jihatdan to'xtamagani, mijozlarga o'z vaqtida maxsulotlar yetkazib berilgani, bu borada fidoyi ishchilarga va "Hududgaz Farg'ona" GTF rahbariga o'z minnatdorchiligini bildirdi.