Assalomu alaykum, munis va muhtarama onaxonlar! Qadrli opa-singillar!
Sizlarni, sadoqat, mehr-muhabbat, nazokat va latofat kabi nozik tuyg‘ular timsoli bo‘lgan barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz va dilbar qizlarimizni ezgulik va go‘zallik bayrami 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan samimiy tabriklayman!
Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik va osoyishtalik, fayzu baraka tilayman. Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan shodu-xurramlik hech qachon arimasin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, "Hududgaz Farg‘ona" GTF jamoasi nomidan Shavkat Adhamovich