Maishiy iste’mol uchun aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha “Hududgazta’minot” AJ tomonidan iste’molchilarga jami 3,5 mln dona ID-karta yetkazib berish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Iste’molchilarning foydalanishidagi bo‘lgan jami 4,5 mln. dona maishiy gaz ballonlarga maxsus bar-kodli yorliqlar biriktirish ishlari yakuniy bosqichda. |
Shuningdek, “E-Gaz” dasturi ishlab chiqilib, unda barcha iste’molchilar va maishiy gaz ballonlarning ro‘yxati shakllantirildi. Joylardagi “Hududgazta’minot” AJ bo‘limlaring suyultirilgan gaz ta’minoti yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning avtomatlashtirilgan tizim yuzasidan bilim-malakalarini oshirish maqsadida, o‘quv-seminarlar tashkil etildi.
|