Home/Янгиликлар/SHAFFOFLIKNI TA'MINLASH - MUHIM VAZIFALARDAN BIRIDIR
SHAFFOFLIKNI TA'MINLASH - MUHIM VAZIFALARDAN BIRIDIR
Publication date: 18.08.2022
0
SHAFFOFLIKNI TA'MINLASH - MUHIM VAZIFALARDAN BIRIDIR
Tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlar aholisiga suyultirilgan gazni oʻz vaqtida yetkazish “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali masʼullarining doimiy diqqat markazida.
Ayni vaqtda viloyatda suyultirilgan gaz isteʼmolchilari 44392 tani tashkil etadi. Ularga joriy yil boshidan buyon 4087.1 tonna avgust oyining ayni vaqtiga qadar esa, 263.820 tonna suyuq gaz tarqatildi.
“Isteʼmolchilarimizga yetkazilayotgan barcha gaz ballonlarimizga maxsus kodli stikerlar oʻrnatilgan. Unga tashqi taʼsir yetkazmaslik borasida masʼullarimiz doimiy targʻibot ishlarini olib borishadi. Suyultirilgan gaz uchun toʻlovlar bevosita ushbu kartalar orqali amalga oshirilmoqda.
Maxsus kartalar faqat isteʼmolchining gaz taʼminotiga tegishli hujjat hisoblanib, undan uchinchi shaxsning foydalanishiga yoʻl qoʻymaslik borasida ham aholi orasida tushuntirish ishlarini olib boryapmiz”, - deydi filialning Suyultirilgan gazni sotishni muvofiqlashtirish boʻlimi operatori Tizimda shaffoflikni taʼminlash isteʼmolchi manfaati va ish unumdorligi uchun juda muhim. Shuni hisobga olib, viloyatda har bitta tumanda bittadan maishiy gaz ballon tashishga moʻljallangan transport vositalariga tajriba tariqasida videokuzatuv kameralari oʻrnatilmoqda. Bu suyultirilgan gaz taʼminotida korrupsion holatlar, qolaversa, gaz ballon tarqatishda soha xodimlari va isteʼmolchilar oʻrtasida turli tushunmovchiliklar yuzaga kelishining oldini oladi. Agar tajriba koʻzlangan natijani bersa, maishiy gaz ballon tashiydigan transport vositalarining barchasi ana shunday masofadan turib onlayn nazorat qilinadi.