Aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi va usullari joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Odamlarning dardini eshitish, ogʻirini yengil qilish yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotir.
Xususan, gaz sohasi xodimlarining murojaatlarni joyiga chiqqan holda, sayyor qabullar orqali qabul qilish amaliyoti keng yoʻlga qoʻyilayotganligi xalqimizning gaz taʼminoti idorasiga nisbatan ishonchini ortib borishiga sabab boʻlmoqda.
"Hududgaz Farg'ona" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati