Сайт работает в тестовом режиме
Home/Янгиликлар/RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

0
RASMIY MUNOSABAT

      Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan murojaat (https://t.me/JAMOAT_NAZORATI/17166) yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

marg1.jpg

       Mazkur murojaat “Marg‘ilonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqildi. Joriy yilning 9-dekabr kuni Marg‘ilon shahar “Nadirmat” MFY Аhmad Yassaviy va Usmon Nosir koʼchalari kesishmasidan oʼtgan yer osti gaz quvurida gaz sizib chiqish holatni aniqlangan.

       Shundan keyin gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan avariyani bartaraf etishi ishlari boshlangan va gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali ogohlantirishlar berilgan. O‘sha kunning o‘zida taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilgan va iste’molchilar uchun gaz ta’minoti qayta tiklangan. Hozirgi vaqtda tabiiy gaz taʼminoti me’yorda ekanini ma’lum qilamiz.

  "Hududgaz Farg'ona" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

15
лет на рынке
"Hududgaz Farg'ona" GTF
yo'nalish haritasi
Filial ishonch telefon raqami:
Ish vaqti:  soat 9:00-18:00
Tushlik:13:00-14:00
Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba
Bizning Manzil:
Farg'ona viloyat, Farg'ona shahar  B.Marg'iloniy ko'chasi 76 uy.