Qo‘qon shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida aholi iste’molchilarining muddati (https://telegra.ph/-11-27-1444)o‘tgan qarzdorligini keskin pasaytirish maqsadida “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali tomonidan ishchi guruhlar tashkil etildi va ular MFY raislari, IIB profilaktika nozirlari hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.
Ishchi guruh tomonidan qisqa vaqt ichida 1,5 mingga yaqin aholi xonadonlari birma-bir xatlovdan o‘tkazildi. Qarzdorligi bo‘lgan 293 ta xonadon muhrlash va payvandlash yo‘li bilan tarmoqdan ajratildi. Shuningdek, mingdan ortiq xonadonga ASKUG tizimiga mos keladigan elektron gaz hisoblash uskunasi (EGHU) o‘rnatildi.
O‘rganishlar jarayonida tabiiy gazdan noqonuniy va nooqilona foydalanish holatlari ham aniqlanib, 15,6 million so‘mlik jarimalar belgilandi.
Xususan, “13-Isfara guzari” MFY A.Umarxon ko‘chasida yashovchi iste’molchi EGHUdan tashqari tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgani aniqlangan. Ishchi guruh tomonidan dalolatnoma tuzilib, iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘idan ajratilgan va 1,84 million so‘m miqdorida jarima solingan.
Xuddi shunday holat bo‘yicha “46-O‘rmonbog‘” MFY T.Malik ko‘chasida yashovchi iste’molchiga nisbatan 5,97 mln so‘m, “22-Parpashabof” MFYning Parpashabof ko‘chasida istiqomat qiluvchi iste’molchilarga nisbatan 4,47 mln va 3,32 mln so‘m jarima qo‘llanilgan.
Ayni vaqtda ishchi guruh o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.