Сайт работает в тестовом режиме
Home/Янгиликлар/Oʻzbekiston tumanida tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalangan ohak ishlab chiqarish sexi aniqlandi

Oʻzbekiston tumanida tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalangan ohak ishlab chiqarish sexi aniqlandi

0
Oʻzbekiston tumanida tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalangan ohak ishlab chiqarish sexi aniqlandi

  

Oxak_uzb1

 

       “Qoʻqonshahargaz” gaz taʼminoti boʻlimi va Prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Oʻzbekiston tumani boʻlimi xodimlari tomonidan 19-may kuni hamkorlikda oʻtkazilgan profilaktik nazorat vaqtida Oʻzbekiston tumanining “Ovchi” MFY Anjirbogʻ koʻchasidagi fuqaro M.S.ga qarashli noturarjoyda ohak ishlab chiqarish sexi aniqlandi.

        Noqonuniy sexda 120 dona gaz yondirgich orqali xumdonlarda ohak ishlab chiqarilayotgani maʼlum boʻldi. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmini qayta hisob-kitob qilish va jarima miqdorini aniqlash jarayonlari olib borilmoqda. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga yuboriladi.
 

    “Hududgaz Fargʻona” GTF matubot xizmati

 

 

Manba: hududgaz.uz web sayti

15
лет на рынке
"Hududgaz Farg'ona" GTF
yo'nalish haritasi
Filial ishonch telefon raqami:
Ish vaqti:  soat 9:00-18:00
Tushlik:13:00-14:00
Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba
Bizning Manzil:
Farg'ona viloyat, Farg'ona shahar  B.Marg'iloniy ko'chasi 76 uy.