"Hududgaz Farg'ona" gaz ta'minoti filiali tomonidan Quvasoy shahrida joylashgan "QUVASOYTA'MIRQURILIShG'IShT" MChJga qarashli G'IShT ishlab chiqarish korxonasi o'rganilganda, noqonuniy ravishda elеktron gaz hisoblash uskunasidan tashqari еr ostidan yashirin yo'l orqali gaz quvuri (baypas liniya) ulab, tabiiy gazdan o'g'irlab foydalanayotganligi aniqlangan.
O'rganish davomida, noqonuniy holatga yo'l qo'yilishi oqibatida g'isht ishlab chiqarish korxonasi tomonidan "Hududgaz Farg'ona" filialiga 3 mlrd. 906 mln. so'm moddiy zarar еtkazganligi aniqlandi.
Bu holat bo'yicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash dеpartamеntiga tеgishli hujjatlar taqdim etilgan.
Manba: telegram kanal