Сайт работает в тестовом режиме
Home/Янгиликлар/MurojaatgaMunosabat #Margilon

MurojaatgaMunosabat #Margilon

0
MurojaatgaMunosabat #Margilon

#MurojaatgaMunosabat #Margilon

"Hududgaz Farg`ona" gaz ta`minoti filiali
 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bir yildan oshdi, gaz haqini kimga to‘lashni bilmay boshimiz qotgan” sarlavhasi ostida murojaat tarqaldi. Murojaatchi tabiiy gaz to`lovi uchun hisob raqam ochib berilmayotganligidan shikoyat qilgan.

Murojaatga asosan, “Marg`ilonshahargaz” gaz ta`minoti bo`limining mas`ul xodimlari masala yuzasidan o`rganishlar olib borishdi.

2021 yil 19-aprel kuni № 079603-sonli to`lov chiptasi

 

O`rganish natijalariga asosan shuni ma`lum qilamizki, Marg`ilon shahar “Ipakchilar” MFY, “Qirq hovuz” ko`chasida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Umarova yuqorida ko`rsatilgan manzilda haqiqatdan ham o`zi istiqomat qilayotganligi va ushbu xonadonga tabiiy gaz to`lovi uchun 2021 yil 19-aprel kuni № 079603-sonli to`lov chiptasi orqali 128056 so`m naqt pul shahar gaz ta`minoti bo`limi xodimiga to`lovni amalga oshirgan.

Fuqaro D.Umarova

Gaz ta`minoti bo`limi xodimi to`lov chiptasiga qo`shimcha ravishda kerakli bo`lgan hujjatlar to`plamini shahar gaz ta`minoti mijozlar bilan ishlash bo`limiga hisob raqam ochib, shartnoma tuzish kerakligini aytgan.

Lekin, iste`molchi tomonidan kerakli bo`lgan hujjatlar (kadastr hujjati, fuqaroning pasport nushasi, shaxsiy hisob raqami va gaz hisoblagichning laboratoriya sertifikati) gaz idorasiga o`z vaqtida taqdim etilmagan.

Murojaatchining kerakli hujjatlarni o`z vaqtida taqdim etmaganligi yuzasidan tushuntirish xati

Hozirga murojaatchiga yuqorida keltirilib o`tilgan hujjatlarni to`liq taqdim etilgandan so`ng, hisob raqam ochib berilishi haqida tushuncha berildi.

Manba: @v_sodikov

15
лет на рынке
"Hududgaz Farg'ona" GTF
yo'nalish haritasi
Filial ishonch telefon raqami:
Ish vaqti:  soat 9:00-18:00
Tushlik:13:00-14:00
Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba
Bizning Manzil:
Farg'ona viloyat, Farg'ona shahar  B.Marg'iloniy ko'chasi 76 uy.