#MurojaatgaMunosabat #Dangara
#Dangara #KattaAravonIjtimoiy tarmoqlarda Dang`ara tumani «Katta Aravon» MFYdan “Yangi qo`yilgan “aqlli” gaz hisoblagichlar nega fuqarolarni qarzdor qilib qo`ymoqda” sarlavhasi ostida murojaat tarqaldi.
Murojaat mazmunida “Katta Aravon” qishlog`ida istiqomat qiluvchi tabiiy gaz iste`molchisi Kozimjon Usmonovning honadoniga zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunasi o`rnatilgandan so`ng, tabiiy gaz iste`moli uchun ochilgan shahsiy hisob raqamida 1 mln. 937 ming so`m qarzdorlik vujudga kelgani haqida yozgan.
Aslida qanday bo`lishi kerak edi?
Eski gaz hisoblagichdan foydalanib kelayotgan tabiiy gaz iste`molchilari oy tugagandan so`ng, 10 kun mobaynida iste`mol qilingan gaz hajmi uchun tabiiy gaz iste`molini hisobga olish uskunasining ko`rsatgichini rasmga olgan holda tuman gaz idorasiga taqdim etishlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarorida ko`rsatib o`tilgan.
Lekin, hududiy gaz ta`minoti bo`limlariga o`z vaqtida eski hisoblagich ko`rsatgichini taqdim etmagan iste`molchilar zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunasini o`rnatgandan so`ng, “Billinggaz” dasturi avtamatik ravishda me`yoriy tartibda hisoblab berishi natijasida iste'molchilarda qarzdorlik vujudga kelgan honadonlarga elektron hisoblagich tabiiy gaz yetkazib berishni avtomatik ravishda to`xtatgan.
Ushbu murojaat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishidan oldin “Hududgaz Farg`ona” gaz ta`minoti filiali direktori V.Sodikovning ushbu hududdan kelib tushayotgan murojaatlardan xabari borligini va ushbu masala rahbarning nazoratida turganligini qolaversa, hozirda “Dang`aratumangaz” gaz ta`minoti bo`limi aholiga xizmat ko`rsatish sifati yetarli emas deb topilib, tuman gaz ta`minoti bo`limi rahbari, bo`limning bosh muhadisi va aholi bilan ishlash bo`limi boshliqlari o`zgartirilganini ma`lum qilamiz.
Jumladan, Baxtiyor Hamraqulov - "Dang'aratumangaz" gaz ta'minoti bo'limi boshlig'i Ulug'bek Fazilov esa, tuman gaz ta'minoti bo'limiga Bosh muhadis etib tayinlandi.
Qolaversa, joriy yilning 8-sentabr kunidan boshlab, “Hududgazta`minot” AJ tomonidan yuborilgan ishchi guruh tuman gaz ta`minoti bo`limida o`rganishlar olib borayotganligini ma`lum qilamiz.
Hozirda tuman gaz ta`minotining yangi tarkibi tomonidan tumanda gaz ta'minotiga oid har qanday murojaatlarini qabul qilish uchun telegram platformasida @dangaratumangaz_hisob nomli guruh tashkil etilganligini va iste`molchilarimizdan o`z murojaatlarini ko`rsatilgan manzilga yuborishlari mumkinligini eslatib o'tamiz.
Vohidjon Sodikov - "Hududgaz Farg’ona" gaz taʼminoti filiali direktori
Manba: https://t.me/v_sodikov