Ijtimoiy tarmoqlarda "Hududgazda soqqa qilish avjidami" sarlavhasi ostida murojaat tarqaldi.
Murojaat mazmuniga ko`ra, Farg`ona shahar, “Beshbola” MFY “Charhiy” ko`chasi 125 “A” honadonni yangi sotib olgan va ushbu honadodga yashah uchun qurilish ishlarini olib borgan honadon egasi A.Atabayev tabiiy gazdan foydalanishda nima sababdan o‘z hisobidan yangi hisoblagich o‘rnatish yuzasidan izoh so‘rashgan.
Masala yuzasidan "Farg`onashahargaz" gaz ta`minoti bo`limi xodimlari o`rganishlar olib bordi. Shunga asosan, maʼlumot o‘rnida 2020 yil 24 sentyabr kungi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish» loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-4840-sonli qarori asosan, 3,546,148 dona (Jumladan, Farg‘ona viloyatida 299,079 dona) elektron “aqlli” gaz hisoblagichlarni bepul o‘rnatilishi belgilangan.
2020 yil 24 sentyabr kunidan shu kungacha qurilgan yangi uy-joy egalari va yangi iste`molchilar “aqlli” gaz hisoblagichlarni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.