Oydin aya nafaqada, bu yil 63 yoshni qarshilagan.
Aya aytadilar:
– 2000-yillardan keyin yurtimizda ko’plab o’zgarishlar bo‘ldi, ayniqsa, oxirgi 3-yil ichida bo‘layotgan yangilanishlarni ko‘rib, ko‘z quvonadi. Yoshlik davringga qaytib imkoniyatlardan foydalanging keladi, go’yo. Davlat rahbarining ta’biri bilan aytganda, xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilayotganligining guvohi bo‘lyabmiz. Bugun hamma soha singari gaz sohasida ham ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan qulaylik, o‘zgarishlar bo’lmoqda. Masalan, kim o‘ylagan edi – vaqti kelib uyda o‘tirgan holda iste’mol qilingan gaz sarfi uchun pulni to‘lash mumkin bo‘lishini-yu, inson omili ta’sir etmaydigan aqlli gaz hisoblagichlar joriy bo‘lishini?!
Farzandlarim orasida Mahmudjonim gaz yo‘nalishida ishlaydi.
Kunlar soviy boshlagan vaqtlari, bolamni kecha-yu kunduz ko'rmadim! Bolamga qo’ng’iroq qilib, ish vaqting tugadi, ko'cha sovuq, uyga kelmaysanmi, degan vaqtlarim, “Ona, xavotir olmang, ko‘cha sovuq, ammo xalqning duosi qalbimga iliqlik ulashib turibdi”, – deydi bolaginam.
Aslida ham izg‘irinni sovuq deb bilmagan, jaziramani issiq sanamagan ayni kunlarda bardoshini metinlikka yo’ygan, mehnatkash, fidoiy gazchilar bor ekan, xonadonimiz issiq, oilamiz farovon bo‘ladi.
Manba: hududgaz.uz web sayti