Publication date: 25.11.2022
0
Buvayda tumani «Oʼrtaqoʼngʼirot» MFY Аlimergan qishlogʼi Quruvchilar koʼchasida 41-uyda baxtsiz hodisa yuz bergan. Tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan oʼrganish ishlari olib borilganida, ushbu xonadonda yashagan fuqaro (marhum) А.А. oʼzi usta boʼlganligi sababli, xonadonning oshxonasiga oʼrnatilgan maishiy gaz ballonini 2022 yil 20 noyabr kuni oʼzboshimchalik bilan yashash xonasi (yotoqxona) yonidagi yuvinish xonasiga olib kirgan va uzunligi 5 metrli kislorod shlangi yordamida yotoqxonaning burchagida А.А. tomonidan yasalgan qoʼlbola isitish pechiga ulab foydalanilgan.
Natijada, qoʼlbola usulda yasalgan temir isitish pechining dudburoni uyning orqa tomoniga 15 sm. chiqarib qoʼyilganligi, shu kuni kechasi tuman tushishi natijasida is gazi tashqariga chiqmay pechkaga oʼrnatilgan tunuka trubalarni yaxshi ulanmagan choklaridan xonaga is gazi tarqalgan.
Baxtsiz hodisa natijasida 1999 yilda tugʼulgan А.А va 2005 yilda tugʼulgan N.U.lar voqea joyida vafot etgan.
Аniqlanishicha, ushbu hududga «Buvaydatumangaz» gaz taʼminoti boʼlimi Servis xizmati boʼlimi tomonidan biriktirilgan chilangar R.Mirzaraximov oʼz xizmat vazifasini bajarish maqsadida, 2022 yil 9-avgust kuni Buvayda tumani «Oʼrtaqoʼngʼirot» MFY Аlimergan qishlogʼi Quruvchilar koʼchasi 41-uyga borgan va xonadondagi mavjud gaz plitasini yillik texnik koʼrikdan oʼtkazgan. Nosoz gaz uskunalaridan, noqonuniy rezina shlang, nostandart gaz gorelkalaridan foydalanmaslik toʼgʼrisida ogohlantirilib, yongʼin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, is gazidan zaharlanishni oldini olish boʼyicha tushuntirish berilgan. Uyida suyultirilgan gazdan faqatgina ovqat tayyorlash maqsadida foydalanish, boshqa maqsadlarda foydalanmaslik boʼyicha xonadon egasidan tilxat olingan.
Shu oʼrinda fuqarolarimizdan kelgusida turli xildagi baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida xonadon egalariga turmushda gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlarini soʼrab qolamiz.