Insof sari baraka!
Qo‘shtepa tumanida gaz so‘rgichlardan noqonuniy foydalanib kelayotgan fuqarolar aniqlandi.
O‘zimga bo‘lsin, o‘zgani o‘ylamay deguvchi fuqarolarning gaz so‘rgichlari tuman IIB bo‘limi xodimlari tomonidan olib qo‘yildi.
Qo‘shma reyd davom etmoqda.
Shu o‘rinda: Hurmatli fuqarolar bunday uskunalardan foydalanishdan voz keching. Ayni gazlashtirish va gaz bosimi kuchaytirilayotgan bir vaqtda bu turli ko‘ngilsizlariklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Qolaversa siz o‘zingizni o‘ylaganingiz sabab, boshqa aholiga gaz yetib bormasligi mumkin.
"Hududgaz Fargona" GTF matbuot xizmati.