Ma’lumki, suyultirilgan gazning hisob-kitobini yuritishda avtomatlashtirilgan tizim yo’lga qo’yildi. Asosiy maqsad aholiga qulaylik yaratish, raqamlashtirish texnologiyasini keng joriy etishdan iboratdir. Ushbu maqsadni amalga oshirishda shubhasiz, maishiy gaz balloni iste’molchilariga maxsus ID kartalar tarqatildi.
Gaz ballonlariga maxsus bar-kodli yorliqlar yopishtirildi.
Ammo ba’zi iste’molchilar maxsus karta hamda stikerlardan to’g’ri foydalana olmay, aksincha, tashqi zarar yetkazib kelishmoqda.
Maxsus kartalardan foydalanish tartibi aslida qanday?
- faqat to’lovni amalga oshirish jarayonida undan foydalaniladi.
- ushbu kartalarni aslo uchinchi shaxsga bermaslik lozim.
- foydalanishda bo’lgan maishiy gaz ballonlariga biriktirilgan maxsus bar-kodli yorliqlarni asrash choralarini ko’rishi shart.
Manba: hududgaz.uz rasmiy web sayti