Hurmatli isteʼmolchilar!
Havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan “Hududgaztaʼminot” AJ isteʼmolchilarga tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rish, isitish moslamalari va ovqat tayyorlashda gaz plitalarini qarovsiz qoldirmaslik, ventilyatsiya tizimiga alohida eʼtibor berish zarurligini eslatib o‘tadi.
“Hududgaztaʼminot” AJ fuqarolardan gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yoʻl qoʻymaslikni va chiroqni yoqishdan oldin gaz hidi yo’qligiga ishonch hosil qilib, u aniqlangan holda 104 telefon raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilishni so‘raydi.
“Hududgaztaʼminot” AJ ning 16 mingdan ortiq xodimlardan iborat jamoasi kechayu kunduz “zangori yoqilg‘i”ni mamlakatning har bir iste‘molchisiga yetkazib berib, jamiyatimizning farovonligi yo‘lida mehnat qilmoqda. Shuning uchun ham “Hududgaztaʼminot” AJ favqulodda vaziyatlarni oldini olish uchun fuqarolardan tabiiy gaz isteʼmoliga ongli ravishda yondashishlarini va undan oqilona foydalanishlarini so‘raydi.
Fursatdan foydalanib “Hududgaztaʼminot” AJ iste’molchilarga tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatib o‘tadi. To‘lovlarni tuman gaz taʼminoti bo‘limlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha to‘lov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.
Ma’lumot uchun, tabiiy gaz ta’minotini qaytadan boshlash uchun toʻlovni amalga oshirish va hisoblagich bloklanib qolmasligini oldini olish maqsadida, uni yoqishdan oldin barcha gaz uskunalarini oʻchirib qoʻyish lozim. Koʻk rangli “Enter” tugmasining uch marta bosilishi yonilgʻi ta’minotini davom ettirishga imkon beradi.
Notoʻgʻri yoqilganligi sababli “aqlli” hisoblagich “blokirovka” boʻlib qolgan bo‘lsa 1104 raqamiga qoʻngʻiroq qilish kerak boʻladi va “Hududgaz Farg'ona” gaz ta'minoti filiali Сall-markazi operatorlari hisoblagichni tizimga ulashda yordam beradi.
“Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati