Yangi yil bayramlari va dam olish kunlari munosabati bilan «Hududgaztaʼminot» AJ isteʼmolchilarni tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rish, isitish moslamalari va ovqat tayyorlash jarayonida gaz plitalarini qarovsiz qoldirmaslik, shuningdek, ventilyatsiya tizimiga alohida eʼtibor berish zarurligini eslatib o‘tadi.
«Hududgaztaʼminot» AJ fuqarolardan gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yoʻl qoʻymaslikni va chiroqni yo’qishdan oldin gaz hidi yo’qligiga ishonch hosil qilib, u aniqlangan holda 104 telefon raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilishini eslatib o’tadi.
Ta’kidlash joizki, «Hududgaztaʼminot» AJ ning 16 mingdan ortiq jamoasi, kechayu kunduz tabiiy va suyultirilgan gazni mamlakatning har bir iste’molchiga yetkazib berib, jamiyatimizning farovonligi yo‘lida mehnat qilmoqdalar. Shuning uchun ham, Toshkent shahri Mirobod tumaning xonadonlaridan birida gaz plitasida unutilgan choynak tufayli gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi va boshqa favqulodda vaziyatlarni oldini olish muhim ahamiyatga egadir.
Fursatdan foydalanib «Hududgaztaʼminot» AJ iste’molchilarni bayram kunlarida tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatib o‘tadi. To‘lovlarni tuman gaz taʼminoti bo‘limlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha to‘lov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkinligini eslatib o’tadi.
Malumot uchun: Tabiiy gaz ta’minotini qaytadan boshlash uchun toʻlovni amalga oshirish va hisoblash asbobi blokirovka boʻlib qolishining oldini olish maqsadida, oʻlchagichni yoqishdan oldin barcha gaz uskunalarini oʻchirib qoʻyish lozim. Koʻk rangli «Enter» tugmasining uch marta bosilishi yonilgʻi ta’minotini davom ettirishga imkon beradi. Notoʻgʻri yoqilganligi sababli «aqlli» hisoblagich blokirovka boʻlib qolgan holda 1104 raqamiga qoʻngʻiroq qilish kerak. «Hududgazta’minot» AJ Сall-markazi operatori hisoblagichingizni ulashda yordam beradi.
«Hududgaztaʼminot» AJ matbuot xizmati.
Manba: hududgaz.uz