Kuz-qish mavsumini betalofot o’tkazish, favqulodda vaziyatlarda zudlik bilan ularning oldini olish hamda o’z vaqtida bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida “Hududgazta’minot” AJ tomonidan respublika bo’yicha kun-u tun ishlaydigan 244 ta avariyaviy brigadalar tashkil etildi. Ular 288 ta maxsus avtotransport va 527 ta payvandlash apparatlari bilan ta’minlandi.
“Hududgazta’minot” AJ iste’molchilar uchun murojaat va ma’lumot yo’llash imkoniyatlarini taklif etadi:
1. Gaz ta’minotidagi barcha murojaatlarni 24 soat davomida faoliyat olib boradigan 1104 Call markaz operatorlari qabul qilmoqda;
2. Tabiiy gaz iste’moli uchun qarzdorlik bilan bog’liq murojaatlarni Telegramdagi “Hududgazta’minot” AJ ga murojaat (https://t.me/gaz_hisob_kitob) guruh orqali qabul qilmoqda;
3. Gaz tizimidagi umumiy murojaatlar Facebook ijtimoiy tarmog’idagi “Gaz ta’minoti muammolari va ularni hal etish yo’llari” guruhi orqali mutahassislar tomonidan qabul qilinmoqda.
4. Maxsus HGT_ABONENT (@hgt_abonent_bot) bot orqali hisoblagichdagi oxirgi ko’rsatkich ma’lumotlari onlayn ravishda qabul qilinmoqda;
5. Sizning barcha murojaatlaringizni www.hududgaz.uz veb sayt orqali mutahasislar onlayn ravishda o’rganib chiqadi.
“Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati