Hurmatli isteʼmolchilar!
Hududiy gaz tarmoqlarida bosimning tiklanishi va tabiiy gazning iste’molchilarga teng taqsimlanishi munosabati bilan «Hududgaztaʼminot» AJ isteʼmolchilarni “zangori yoqilg’i” dan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rish, isitish moslamalari, ovqat tayyorlash jarayonida gaz plitalarini qarovsiz qoldirmaslik, shuningdek, ventilyatsiya tizimiga alohida eʼtibor berish zarurligini eslatib o‘tadi.
«Hududgaztaʼminot» AJ fuqarolardan gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yoʻl qoʻymaslikni va chiroqni yoqishdan oldin gaz hidi yo’qligiga ishonch hosil qilib, u aniqlangan holda 104 telefon raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilishni eslatib o’tadi.
Ta’kidlash joizki, «Hududgaztaʼminot» AJ ning 16 mingdan ortiq jamoasi, kechay-u kunduz tabiiy va suyultirilgan gazni mamlakatning har bir iste’molchisiga yetkazib berib, jamiyatimizning farovonligi yo‘lida mehnat qilmoqdalar. Shuning uchun ham, tabiiy gazdan oqilona foydalangan holda favqulodda vaziyatlarni oldini olish muhim ahamiyatga egadir.
Fursatdan foydalanib «Hududgaztaʼminot» AJ iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatib o‘tadi. To‘lovlarni tuman gaz taʼminoti bo‘limlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha to‘lov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkinligini eslatib o’tadi.
Ma'lumot uchun: Tabiiy gaz ta’minotini qaytadan boshlash uchun toʻlovni amalga oshirish va hisoblash asbobi blokirovka boʻlib qolishining oldini olish maqsadida, oʻlchagichni yoqishdan oldin barcha gaz uskunalarini oʻchirib qoʻyish lozim. Koʻk rangli «Enter» tugmasining uch marta bosilishi yonilgʻi ta’minotini davom ettirishga imkon beradi. Notoʻgʻri yoqilganligi sababli «aqlli» hisoblagich blokirovka boʻlib qolsa 1104 raqamiga qoʻngʻiroq qilish kerak. «Hududgazta’minot» AJ Сall-markazi operatorlari hisoblagichingizni ulashda yordam beradi.
«Hududgaztaʼminot» AJ matbuot xizmati.
Manba: "Hududgaz Farg`ona" telegram kanali