Kutilayotgan havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan “Hududgaztaʼminot” AJ isteʼmolchilarni tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rish, isitish moslamalari va ovqat tayyorlash jarayonida gaz plitalarini qarovsiz qoldirmaslik, shuningdek, ventilyatsiya tizimiga alohida eʼtibor berish zarurligini eslatib o‘tadi.
“Hududgaztaʼminot” AJ fuqarolardan gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yoʻl qoʻymaslikni va chiroqni yo’qishdan oldin gaz hidi yo’qligiga ishonch hosil qilib, u aniqlangan holda 104 telefon raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilishini eslatib o’tadi.
Ta‘kidlash joizki, “Hududgaztaʼminot” AJ ning 16 mingdan ortiq jamoasi, kechayu kunduz tabiiy va suyultirilgan gazni mamlakatning har bir iste‘molchiga yetkazib berib, jamiyatimizning farovonligi yo‘lida mehnat qilmoqdalar. Shuning uchun ham “Hududgaztaʼminot” AJ favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida va fuqarolardan tabiiy gaz isteʼmoliga ongli ravishda yondashishlarini va undan zarur ehtiyojlar uchun foydalanishlarini so‘raydi. Faqatgina undan oqilona foydalanish barcha isteʼmolchilarni bir maromda gaz bilan taʼminlash imkoniyatini beradi hamda havo haroratining pasayishi davrida uning yetishmovchiligini keltirib chiqarmaydi.
Fursatdan foydalanib “Hududgaztaʼminot” AJ iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatib o‘tadi. To‘lovlarni tuman gaz taʼminoti bo‘limlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha to‘lov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkinligini eslatib o’tadi.
Ma'lumot uchun: Tabiiy gaz ta’minotini qaytadan boshlash uchun toʻlovni amalga oshirish va hisoblagich bloklanib qolmasligini oldini olish maqsadida, uni yoqishdan oldin barcha gaz uskunalarini oʻchirib qoʻyish lozim. Koʻk rangli “Enter” tugmasining uch marta bosilishi yonilgʻi ta’minotini davom ettirishga imkon beradi. Notoʻgʻri yoqilganligi sababli “aqlli” hisoblagich blokirovka boʻlib qolgan holda 1104 raqamiga qoʻngʻiroq qilish kerak boʻladi va “Hududgaztaʼminot” Сall-markazi operatorlari hisoblagichni tizimga ulashda yordam berishadi.
“Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati