Hurmatli isteʼmolchilar!
Mamlakatimizda Ramazon hayitining nishonlanishi va dam olish kunlari munosabati bilan “Hududgaztaʼminot” AJ yana bir bor gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, gaz jihozlarini qarovsiz qoldirmaslik, shuningdek, shamollatish tizimiga alohida eʼtibor berish zarurligini eslatib oʻtadi.
Shu oʻrinda fuqarolardan gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yoʻl qoʻymaslikni va chiroqni yoqishdan oldin gaz hidi yoʻqligiga ishonch hosil qilib, u aniqlangan holda 104 raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilishni soʻraymiz.
“Hududgaztaʼminot” AJ bayram kunlari arafasida tabiiy gaz isteʼmolchilariga shaxsiy hisob raqamini tekshirib turish, SMS xabarnomaga eʼtiborli boʻlish va tabiiy gaz taʼminoti uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatib oʻtadi. Gaz taʼminoti xizmatlari uchun hisob-kitoblarni tuman gaz boʻlimlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha toʻlov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.
Maʼlumot uchun: Tabiiy gaz taʼminotini qayta tiklash uchun toʻlovni amalga oshirish va hisoblash asbobi bloklanib qolishining oldini olish maqsadida, oʻlchagichni yoqishdan oldin barcha gaz uskunalarini oʻchirib qoʻyish lozim. Koʻk rangli “Enter” tugmasining uch marta bosilishi yonilgʻi taʼminotini davom ettirishga imkon beradi. Notoʻgʻri yoqilganligi sababli “aqlli” hisoblagich bloklanib qolgan taqdirda 1104 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, mutaxassislar yordamida hisoblagichni yoqish mumkin.
“Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati.
Manba: "Hududgazta`minot" AJ telegram kanali.