Сайт работает в тестовом режиме
Home/Янгиликлар/“Hududgaztaʼminot” AJ rasmiy xabari

“Hududgaztaʼminot” AJ rasmiy xabari

0
“Hududgaztaʼminot” AJ rasmiy xabari

 

Dis

     Dis1

   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan Navroʻz bayrami munosabati bilan eʼlon qilingan dam olish kunlarida tabiiy va suyultirilgan gazni isteʼmolchilarga bir maromda yetkazib berish uchun barcha zaruriy choralar koʻrilgan.

     Jumladan, “Hududgaztaʼminot” AJ 827 nafar mutaxassislardan iborat 266 ta avariya brigadalarini shay holatga keltirgan. Shuningdek, 32 km gaz quvurlari, 4,3 ming dona zulfin va joʻmraklar, 585 ta manometr, 7,4 tonna karbid, 2,4 tonna elektrod va 1,8 tonna moylash materiallari zaxirasi yaratilgan.

      Dispetcherlik xizmati 24 soatlik rejimda ishlamoqda. Gaz taʼminotiga oid barcha murojaatlar 1104 qisqa raqami orqali qabul qilinadi. Gaz sizib chiqishi holatlari va boshqa texnik muammolar kuzatilganda 104 raqamiga qoʻngʻiroq qilish lozim.

     “Hududgaztaʼminot” AJ bayram kunlari arafasida tabiiy gaz isteʼmolchilariga shaxsiy hisob raqamini tekshirib turish, SMS xabarnomaga eʼtiborli boʻlish va tabiiy gaz taʼminoti uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatib oʻtadi. Gaz taʼminoti xizmatlari uchun hisob-kitoblarni tuman gaz boʻlimlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha toʻlov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.

“Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati.

 

 

Manba: "Hududgazta`minot" AJ telegram kanal

15
лет на рынке
"Hududgaz Farg'ona" GTF
yo'nalish haritasi
Filial ishonch telefon raqami:
Ish vaqti:  soat 9:00-18:00
Tushlik:13:00-14:00
Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba
Bizning Manzil:
Farg'ona viloyat, Farg'ona shahar  B.Marg'iloniy ko'chasi 76 uy.