Сайт работает в тестовом режиме
Home/Янгиликлар/“HUDUDGAZTAʼMINOT” AJ RASMIY XABARI

“HUDUDGAZTAʼMINOT” AJ RASMIY XABARI

0
“HUDUDGAZTAʼMINOT” AJ RASMIY XABARI

   

    “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan isteʼmolchilarga tabiiy va suyultirilgan gazni bir maromda va uzluksiz yetkazib berish boʻyicha amaliy ishlar davom ettirilyapti. “Zangori” yoqilgʻi toʻliq hajmda yetkazib berilyapti, yetishmovchiliklar kuzatilmayapti. Olis hududlardagi isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz mahalliy hokimiyat tomonidan tasdiqlangan grafik asosida oʻz vaqtida yetkazilmoqda.

      2024-yilning 10-yanvar kuni gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan aholi va ulgurji isteʼmolchilarga qariyb 97,9 million kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Bundan tashqari, isteʼmolchilarga 2244 tonna suyultirilgan gaz yetkazilgan.

       Isteʼmolchilarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ filiallari tadbirkorlar bilan hamkorlikda chekka hududlarda yangi gaz toʻldirish shoxobchalarini tashkil etmoqda. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi mazkur hamkorlik suyultirilgan gazni manzillarga yetkazish xarajatlarini pasaytirish va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga zamin yaratadi.

    Bugun bir nechta tumanda gaz toʻldirish inshootlari ochildi. Xususan, hududining katta qismi togʻlardan iborat boʻlgan Surxondaryoning Sariosiyo tumanida yangi gaz toʻldirish shoxobchasi aholiga dastlabki gaz ballonlarini tarqatishni boshladi. Uning oylik tarqatish quvvati 482 tonnani tashkil etib, 59 ta mahalladagi 32 mingdan ziyod isteʼmolchini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash imkonini beradi.

      Samarqand viloyatining Narpay va Oqdaryo tumanlarida ikkita gaz toʻldirish shoxobchalari ochildi. Narpay tumanidagi GTSHning oylik quvvati 421 tonnani tashkil etadi. Shoxobcha 33,8 mingdan ortiq aholi isteʼmolchilariga suyultirilgan gaz taʼminoti boʻyicha xizmat koʻrsatadi.

    Oqdaryo tumanidagi GTSHning oylik tarqatish quvvati 842 tonnani tashkil etib, 28,8 mingdan ziyod isteʼmolchini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash imkonini beradi.

         Shuningdek, “Hududgaztaʼminot” AJ mutaxassislari tomonidan Andijon viloyati Shahrixon tumani, Buxoro viloyati Olot tumani, Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani, Qashqadaryo viloyati Qarshi va Gʻuzor tumanlari, Navoiy viloyati Xatirchi tumani, Samarqand viloyati Paxtachi va Samarqand tumanlari, Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani, Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani, Xorazm viloyati Urganch tumani, Fargʻona viloyati Bagʻdod va Qoʻshtepa tumanlarida suyultirilgan gaz isteʼmolchilarini xatlovdan oʻtkazish ishlari davom ettirilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlardan koʻzlangan maqsad aholining suyultirilgan gazga boʻlgan ehtiyojini tahlil qilish, isteʼmolchilar roʻyxatini shakllantirish, korrupsiya xavflari va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini baholashdan iborat.

     Muammolar kuzatilgan joylarda gaz taʼminotini yaxshilash borasida soha mutaxassislari tomonidan barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda. Xususan, Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “Qora boʻrik” MFYga uzunligi 2 km boʻlgan gaz quvurini tortish ishlari yakunlandi. Buning natijasida MFYning 820 ta xonadonida gaz taʼminoti yaxshilandi. Shundan 300 ta xonadonni ikki bosqichli gaz taʼminoti tizimiga oʻtkazish ishlari amalga oshirildi.

      Bundan tashqari, mazkur tumaning “Koxinur” mahallasida 1,9 kilometr gaz quvuri qurib bitkazildi. Natijada 2 ming xonadonning gaz taʼminoti yaxshilandi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari Oʻrtachirchiq tumanida olti kilometrlik gaz quvurini tortish ishlarini davom ettirishmoqda. Bu “Uygʻur”, “Taraqqiyot”, “Darxon”, “Usmon ota”, “Yorik” va “Kuchlik” MFYlarining gaz taʼminotini yaxshilashga zamin yaratadi. Bugungi kunda mazkur gaz quvurining 5 kilometr qismi qurib bitkazildi.

     Shunga oʻxshash ishlar Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida ham davom etmoqda. Alisher Navoiy koʻchasida joylashgan sakkizta koʻp qavatli uylardagi isteʼmolchilar uchun uzunligi 2 km boʻlgan oʻrta bosimli gaz quvuri tortilish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu orqali havo harorati keskin pasayib ketgan vaqtda kuzatilgan gaz taʼminotidagi muammolar bartaraf etiladi.

  Avariya holatlari aniqlanganda, mutaxassislar joyiga chiqib ularni bartaraf etishmoqda.

10-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani “Yangiobod” MFY, Qarshi shahar “Xontepa” MFY, Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Namuna” MFY, Xorazm viloyati Urganch tumani “Qumariq” MFY, Fargʻona viloyati Margʻilon shahri, Toshkent viloyatining “Mehnatobod”, “Oybek”, “Bogʻzor”, “Qirariq”, “Qurilish” va “Huvaydo” MFYlarida gaz sizib chiqish holatlari aniqlandi. Gaz taʼminoti filiallari xodimlari avariya-tiklash ishlarini olib borishdi va isteʼmolchilar uchun gaz taʼminotini qayta tiklashdi.

      “Hududgaztaʼminot” AJ fuqarolardan gazdan oqilona foydalanishni, uydan chiqib ketayotganda imkon qadar isitish jihozlarini oʻchirishni soʻraydi. Shu bilan birga, is gazidan zaharlanish xavfini oldini olish uchun nostandart isitish uskunalari va qoʻlbola yondirgichlardan foydalanmaslikni eslatib oʻtadi.

    Qayd etib oʻtish kerak, shaxsiy hisob raqamini tekshirib turish, SMS xabarnomaga eʼtiborli boʻlish va tabiiy gaz taʼminoti uchun oʻz vaqtida toʻlovlarni amalga oshirish tabiiy gazdan toʻlaqonli foydalanish imkoniyatini beradi. Toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmasa gaz taʼminotiga cheklovlar kiritiladi. Gaz taʼminoti xizmatlari uchun hisob-kitoblarni tuman gaz boʻlimlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha toʻlov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.

    “Hududgaztaʼminot” AJ tizimi mutaxassislari barcha takliflar, shikoyatlar va murojaatlarni 1104 telefon raqami orqali, gaz sizib chiqishi holatlari, favqulodda vaziyatlarni va boshqa texnik muammolarni bartaraf etish boʻyicha arizalarni 104 raqami orqali qabul qiladilar.

“Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati

15
лет на рынке
"Hududgaz Farg'ona" GTF
yo'nalish haritasi
Filial ishonch telefon raqami:
Ish vaqti:  soat 9:00-18:00
Tushlik:13:00-14:00
Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba
Bizning Manzil:
Farg'ona viloyat, Farg'ona shahar  B.Marg'iloniy ko'chasi 76 uy.