Havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan butun mamlakat boʻyicha tabiiy va suyultirilgan gaz isteʼmolining ortishi kuzatilmoqda. Isteʼmolchilar oʻrtasida yoqilgʻini teng taqsimlash maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ mutaxassislari 24 soatlik rejimda ish olib borishmoqda va yuzaga kelgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etishmoqda.
Hozirgi vaqtda tabiiy gaz isteʼmolchilariga “zangori yoqilgʻi” toʻliq hajmda yetkazib berilyapti, yetishmovchiliklar kuzatilmayapti. Olis hududlarga suyultirilgan gaz toʻliq hajmda va mahalliy hokimiyat tomonidan tasdiqlangan grafik asosida yetkazilmoqda. Hududlarda avariya holatlari kuzatilganda, mutaxassislar joyiga yuborilmoqda va ular muammolarni bartaraf etishmoqda.
2023-yilning 9-dekabr kuni gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan aholi va ulgurji isteʼmolchilarga 105 million kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Bundan tashqari suyultirilgan gaz isteʼmolchilariga 2 224 tonna yoqilgʻi yetkazilgan. Batafsil 👈
"Hududgaz Farg'ona" Gaz ta'minot filiali