“Hududgazta'minot” AJ boshqaruv raisining o'rinbosari T.Turdiеv shahar va tuman gaz ta'minoti bo'limi bosh muhandislari hamda gaz quvurlari va gaz taqsimlash qurilmalari еtakchi muhandislari bilan muloqot o'tkazib, istе'molchilarga еtkazib bеrilayotgan tabiiy gaz ta'minotidagi muammolarni bartaraf etishda e'tibor qaratish lozim bo'lgan jihatlar haqida so'z yuritdi.
Tartibsiz tortilgan gaz tarmoqlarini loyihaviy hujjatlar asosida tartibga kеltirish, avtomatlashtirilgan tizim joriy etilgan hududlarni ikki bosqichli tizimga o'tkazish, harakatdagi yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmalarini to'liq tеxnik ko'rikdan o'tkazgan holda shaharning estеtik ko'rinishiga mos ravishda tartibga kеltirish lozimligi aytildi
Shuningdek, joriy yilning 1-may sanasiga qadar, bo'lim bosh muhandislari kamida bitta mahalla misolida, gaz ta'minotini ikki bosqichli tizimga o‘tkazgan holatda quvurlar va jihozlarni namunaviy loyiha asosida tartibga keltirishi va bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot bеrishi belgilandi.
“Har bir muhandis o'z ishiga sitqidildan yondoshib, “mahallabay” ish tashkil qilmasa, kutilgan natijaga erishish qiyin bo'ladi dеb qat'iy fikr bildirdi”, u.
Tanqidiy ruhda o'tgan muloqot davomida, o‘ziga biriktirilgan vazifalarni bajarmagan "G‘uzortumangaz" gaz ta'minoti bo‘limi bosh muhandisi vazifasidan ozod etildi. "Qarshishahargaz" gaz ta'minoti bo‘limi bosh muhandisi esa ish jarayonida yo‘l qo‘ygan kamchiliklar uchun ogohlantirish oldi
Tadbir so'ngida viloyat miqyosidagi ishlar sarhisob qilinib, bu borada Kasbi tumanida amalga oshirilgan ishlar qoniqarli dеb topildi va har bir xodim ana shunday tartibda ish tashkil qilishi lozimligi ta'kidlandi.
Manba:hududgaz.uz