Ijtimoiy tarmoqlarda Dang‘ara tumani “Rahmatli” MFYda yashovchi fuqarolaridan hududda gaz bosimi keskin pasayib ketgani, gazchilar muammoni hal etilmayotkani haqida murojaat kelib tushdi.
Muammoni o‘rganish va bartaraf etish maqsadida. “Dang‘ara tuman gaz” GTB boshlig‘i va bosh muhandisi manzilga bordilar va murojaat yo‘llagan U.Oripov bilan uchrashdilar.
Manzilda chindan ham gaz magistral gaz quvurlarida bosim keskin tushib ketganligi, natijada xonadonlarda gaz pasayib ketganligi, gaz tarmog‘ini oxirgi qismlarida gaz uzilish holatlari aniqlandi.
Ishchilar tomonidan muammo tezkorlik bilan nazoratga olindi va bo‘limi xodimlari tomonidan navbatchilik asosida ish tashkil etildi. Tekshirish va sozlash ishlari olib borildi. 24 soat davomida faoliyat olib borgan ishchilarning samarali ishlari natijasida hududda gaz bosimi yaxshilandi.
Hududgaz Farg‘ona GTF matbuot xizmati.
Manba:Telegram kanal