Hurmatli isteʼmolchilar, Farg'ona viloyati bo‘yicha umumiy hisobda 23 734 ta xonadon isteʼmolchisining tabiiy gazdan qarzdorligi mavjud. Xonadonlar qarzdorligi sabab tabiiy gaz taʼminotidan bosqichma bosqich o‘chiriladi. Shu sabab qarzdorlik to‘lovini vaqtida amalga oshirishingizni hamda mavjud muammolar yuzaga kelsa gaz taʼminoti bo‘limlarida tashkil etilgan ishchi guruh mutaxassislariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Mutaxassislariga murojaat qilish uchun ☎️ 1104 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
"Hududgaz Farg‘ona" GTF matbuot xizmati.