“Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali rasmiy munosabati
Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan murojaat (https://t.me/jamoat_nazorati/14334) yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Mazkur murojaat “Farg‘onashahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqildi. A.Navoiy ko‘chasi 104-uyda gaz ta’minoti bir maromda bo‘lishini ta’minlash maqsadida gaz taqsimlash qurilmalarini sozlash ishlari olib borildi. Ayni vaqtda tabiiy gaz ta’minoti me’yorda ekanini ma’lum qilamiz.
✍️“Hududgaz Farg‘ona” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati