Yangilanayotgan yurtimizda kun sayin chiroy ochib barpo etilayotgan osmono’par binolar, ishlab chiqarish korxonalari qad rostlamoqda. Bu kabi yuksalishlar, rivojlanishlarning barchasi tinchlikka borib taqaladi. Yurtimizda tinchlik bo’lsa, o’z-o’zidan bizda ichki xotirjamlik shakllanadi, har sohada rivojlanish bo'ladi. Mahallalarimiz obod manzillarga aylanadi. Ushbu qurilayotgan binolarni gazlashtirish esa eng dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Negaki, tabiiy gazdan barcha qonun doirasida foydalanishga haqlidir. Keling, yaxshisi ushbu qurilayotgan uylar, korxonalar qanday tartibda gazlashtirilishi haqida ma’lumot berib o’tsak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 256-sonli qarori talabiga asosan Davlat xizmatlari markaziga ariza bilan murojaat qilib, texnik tavsiya va texnik shart olish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 22-sonli qarori talabiga asosan iste’molchi texnik shartni olgandan keyin o‘z mablag‘i hisobidan loyiha hujjatlarini tayyorlatishi, tayyorlangan loyiha hujjatlar asosida zarur bo‘lgan keltiruvchi va tarqatuvchi gaz quvurlar va undagi qurilmalarni, zamonaviy energiya tejamkor gazdan foydalanish gorelka va jihozlarini hamda zamonaviy elektron gaz hisoblash asbobini xarid qilib, gaz ta’minoti bo‘limiga tegishli hujjatlarni taqdim qilganidan so‘ng, iste’molchi o‘rnatilgan tartibda tabiiy gaz tarmog‘iga ulanishiga ruxsat berilishi mumkin.
Manba: "Hududgazta`minot" AJ