Сайт работает в тестовом режиме
Home/Янгиликлар/GAZ TA’MINOTIDA ISTYe’MOLChI MANFAATI - USTUVOR!

GAZ TA’MINOTIDA ISTYe’MOLChI MANFAATI - USTUVOR!

0
GAZ TA’MINOTIDA ISTYe’MOLChI MANFAATI - USTUVOR!

   02

     Modernizatsiya jarayonlari sohaning suyultirilgan gaz ta’minoti yo‘nalishida ham olib borilib, respublikadagi 3,7 milliondan ortiq iste’molchilarni suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun yaxlit tizim yaratildi.

 

 Худудгаз АЖ

   Aytish kerak, ayni vaqtda suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirilgan hududlarda iste’molchilarga 376 ta avto va vagon sisternalar, 843 ta maxsus avtotransport vositalari hamda 4,7 million dona maishiy gaz ballonlari orqali xizmat ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, 84 ta (jumladan, 29 ta xususiy korxonalar) gaz to‘ldirish inshootlari hamda maishiy gaz ballonlarini ta’mirlash va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha 46 ta markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

     Suyultirilgan gaz ta’minoti sarf-xarajatlarini kamaytirish, yetkazib berish muddatlarini qisqartirish orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun suyultirilgan gazni ishlab chiqaruvchi korxonalardan keltirishda temir yo‘l orqali vagon - sisternalarda tashishga yanada katta e’tibor qaratilmoqda.

    03  

    Tahlillarga ko‘ra, vagon-sisternalarning bir marotabalik aylanish davriyligi 2019 yilda 20 kunni tashkil etgan. O’tgan davrda 38 ta vagon-sisternalar xaridi hamda 196 ta xususiy korxonalardan shartnoma asosida foydalanishga olinishi natijasida vodiy viloyatlariga gaz hajmini 100 foiz temir yo‘l orqali tashish yo‘lga qo‘yildi.

    Qolaversa, “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan suyultirilgan gaz ta’minotida avtomatlashtirilgan tizim joriy etilgach, hududlarda aholiga gaz tarqatadigan mas’ul shaxslarning ta’minot xaridi uchun iste’molchidan naqd pul qabul qilishiga chek qo‘yildi. Maishiy gaz ballonlarga maxsus bar kodli stikerlar o‘rnatilib, iste’molchilarga ID-karta taqdim qilindi. Suyultirilgan gaz ta’minoti uchun “Ye-Gaz!” tizimini faollashtirishda aloqa  xizmati yaxshi  bo‘lgan  hududlarda “on-line”, aloqa xizmati yaxshi bo‘lmagan tog‘lik, cho‘llik hududlarda esa “of-line” tizimdan foydalanish tartibi joriy etildi.

05

Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa, tizimni raqamlashtirish va modernizatsiya qilinishiga alohida e’tibor qaratilayotgani iste’molchilarga gaz ta’minotidan foydalanishda zarur shart-sharoit va qulayliklar yaratmoqda. “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati  tizimida ro‘y berayotgan bu kabi o‘zgarishlar respublikamizning eng chekka hududlarida ham namoyon bo‘lib, iste’molchilar turmushiga yengillik olib kirish, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashi uchun xizmat qilayapti.

Ahamiyatli tomoni, bugun yurtimizda gaz ta’minoti yetib bormagan hudud mavjud emas. Tabiiy gaz borishi qiyin bo‘lgan barcha mahalla va qishloqlar aholisi hududiy bo‘limlar tomonidan suyultirilgan gaz bilan o‘z vaqtida ta’minlanmoqda. Iste’molchilarga suyultirilgan gazni uzluksiz va xavfsiz yetkazib berish uchun qo‘shimcha 9 ta gaz to‘ldirish inshootlari hamda 10 ta maishiy gaz ballonlarini ta’mirlash va sinovdan o‘tkazish sexlari ishga tushirildi. Ayni vaqtda ushbu sexlarda yaroqlilik muddati o‘tgan va barcha bo‘limlar omborxonalarida saqlanayotgan ta’mirtalab maishiy gaz ballonlarni sinovdan o‘tkazish hamda jo‘mrak (ventil) moslamalarini almashtirish ishlari olib borilmoqda. 

   05

    Tizimda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish va gaz to‘ldirish inshootlarini modernizatsiya qilish natijasida oylik gaz tarqatish quvvati 12,2 ming tonnaga oshirildi. Jumladan, 107 dona elektron va magnitli sath o‘lchagichlar (urovnemer), 1 dona rasxodomer, 112 ta kolonka, 39 ta kompressor, 39 ta nasos, 38 ta avtotarozi, 11 ta sig‘im va 14 dona dizel generatorlar o‘rnatildi hamda 1 047 ta kuzatuv kameralari yordamida suyultirilgan gazni yuklash, saqlash va to‘ldirish jarayonida onlayn nazorat tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Bu esa ish unumdorligi va sifatini yanada oshirish, iste’molchilarga yilning to‘rt faslida, har qanday iqlim va sharoitda suyultirilgan gazni uzluksiz yetkazish, gaz miqdorining belgilangan hajmdan kam bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, ya’ni shaffoflikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.  

06

   Shu bilan birga, texnologik yo‘qotishlar jarayonidagi qiymati 10 milliard so‘mlik 8,9 ming tonna suyultirilgan gaz iqtisod qilinib, 445 ming aholi xonadonlariga qo‘shimcha suyultirilgan gaz yetkazib berish imkoniyati yaratildi.

    Darhaqiqat, o‘zgarish, yangilanish, zamon bilan hamnafas bo‘lish, bu aslida, davr talabi hisoblanadi. Samaradorlik esa belgilangan vazifalarning ulug‘ maqsad, burch va mas’uliyat bilan uyg‘un holda amalga oshirilishiga bog‘liq. Gaz ta’minoti sohasi vakillarining ham rivojlanish yo‘lidagi oliy maqsadi bitta - iste’molchi manfaatining ustuvorligini ta’minlashdir.  

Manba:

 

15
лет на рынке
"Hududgaz Farg'ona" GTF
yo'nalish haritasi
Filial ishonch telefon raqami:
Ish vaqti:  soat 9:00-18:00
Tushlik:13:00-14:00
Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba
Bizning Manzil:
Farg'ona viloyat, Farg'ona shahar  B.Marg'iloniy ko'chasi 76 uy.