Сайт работает в тестовом режиме
Home/Янгиликлар/Gaz konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari kamayishi kuzatilmoqda.

Gaz konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari kamayishi kuzatilmoqda.

0
Gaz konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari kamayishi kuzatilmoqda.

     2570036_757_3_2617_2046_1920x0_80_0_0_71207b4ab44b4d2440930213d74e69fe

     Gaz konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari kamayishi kuzatilmoqda. Uning hajmlarini oshirish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda

     Yurtimizdagi mavjud gaz konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari yildan-yilga kamayib borayotgani kuzatilmoqda.

     Misol uchun, 2021-yilda belgilangan rejaga nisbatan 229 mln metr kub kam tabiiy gaz qazib chiqarilgan, 2022-yilning 11 oyida rejaga nisbatan 5,8 foizga kam tabiiy gaz qazib chiqarildi.

     Mamlakatimiz hududlaridagi gaz konlarida rejaga nisbatan sutkasiga o‘rtacha 7 foizga kam tabiiy gaz qazib chiqarilmoqda. Buning asosiy sababi gaz konlarida tabiiy gaz zaxiralarining kamayib borayotganligidir.

      Bugungi kunda ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan havo haroratining keskin sovib ketishi sababli quvurlarda gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda. Qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz to‘liq ichki isteʼmol uchun, xususan aholi va ijtimoiy soha obyektlari hamda issiqlik elektr stansiyalariga yo‘naltirilmoqda.

      Bundan ko‘zlangan maqsad – birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini (maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, o‘quv yurtlari, shifoxonalar va boshqalar) energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash hisoblanadi.

      Hozirgi kunda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlarini oshirishning zarur chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Shu munosabat bilan isteʼmolchilardan ushbu holatni to‘g‘ri tushungan holda energiya resurslaridan imkon qadar oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishlarini so‘raymiz.

Manba: Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

15
лет на рынке
"Hududgaz Farg'ona" GTF
yo'nalish haritasi
Filial ishonch telefon raqami:
Ish vaqti:  soat 9:00-18:00
Tushlik:13:00-14:00
Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba
Bizning Manzil:
Farg'ona viloyat, Farg'ona shahar  B.Marg'iloniy ko'chasi 76 uy.