“Hududgaz Fargʻona” GTFning MROF va KQSAO boʻlimi Filial tegishli boʻlimlari bilan hamkorlikda Jamiyatning 2023-yil 2-iyun kungi 2023-2025-yillar uchun Jamoa shartnomasi 2-ilovasining (“ichki mehnat tartibi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”) bandlari ijrosini taʼminlash, shuningdek Korrupsion va huquqbuzarliklarga olib keluvchi omillarni oldini olish maqsadida, shahar/tuman gaz boʻlimlari va gaz toʻldirish shahobchalarida tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Mazkur jarayonlarda, texnika xavfsizligi, sohada ijro-intizom mexanizmini yaratish va korrupsiya hamda qonunbuzilish kabi illatlarning oldini olishda barcha rahbar-xodimlar oʻz hissasini qoʻshish orqali tizimda vaziyatni sogʻlomlashtirish va qonunbuzilish holatlarga chek qoʻyish mumkinligi turli misollar bilan tushuntirilmoqda.
"Hududgaz Farg'ona" gaz ta'minoti filiali