Publication date: 05.08.2022
0
Bugun "Hududgaz Farg’ona" gaz taʼminoti filiali direktori Vohidjon Sodikov Yozyovon tumanida bo'lib, tuman hokimi Dilshodjon Djalilov bilan tuman markazi va tumanning chekka hududlarini piyoda yurib, ushbu hududdagi fuqarolar bilan muloqotlar o'tkazishdi.
Jumladan, "Guliston" MFYda tadbirkorlar uchun ajratilgan kichik sanoat zonasida bo'lib, ushbu sanoat zonasiga "Yozyovontumangaz" gaz taʼminoti bo‘limi tomonidan jami 15 km. 159 mm.li tabiiy gaz tarmog‘i tortilishi rejalashtirilgan bo'lib, Filial rahbari ushbu amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, tuman hokimi va Filial rahbari "Guliston" va "Yozyovon" MFY hududida mahalla raislari va faollari bilan muloqot o'tkazishdi.
Muloqot davomida tuman markazidagi "Yozyovon" MFY "Mashrab" ko'chasida mavjud 60 ta va "Tegirmonboshi" MFYda 20 ta honadonga tabiiy gaz tarmog'ini tortishga va loyiha hujjatlarini tayyorlashga kelishib olindi. Kun yakuniga qadar rahbarlar tumandagi ijtimoiy obyektlari gaz taʼminotining holatini o'rganishdi.