Сайт работает в тестовом режиме
Home/Янгиликлар/Farg‘ona viloyatidagi barcha gaz to‘ldirish inshootlari mavsumga shay holatga keltirildi

Farg‘ona viloyatidagi barcha gaz to‘ldirish inshootlari mavsumga shay holatga keltirildi

0
Farg‘ona viloyatidagi barcha gaz to‘ldirish inshootlari mavsumga shay holatga keltirildi

Farg‘ona viloyatidagi “zangori yoqilg‘i” iste'molchilari orasida suyultirilgan gaz iste'molchilarining o‘rni boshqa hududlarga qaraganda anchayin salmoqli. Viloyat ahli uchun joriy yilgi kuz-qish mavsumida 45 305,7 tonna suyultirilgan gaz va ehtiyojga ko‘ra 4 900 dona maishiy gaz ballonlar yetkazib berish rejalashtirilgan. “Hududgazta'minot” AJ tomonidan esa qo‘shimcha 1060 tonna suyultirilgan gaz fondi ajratilib, oktyabr-noyabr oylarida 9 300 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi hamda filial markaziy omborida 2 470 dona maishiy gaz ballon zahirasi yaratildi.

 

Kuz-qish mavsumida har bir xonadonga “zangori yoqilg‘i”ni o‘z vaqtida kirib borishi uchun gaz ta'minoti korxonasi tomonidan bir talay ishlar amalga oshirildi. Xususan, mavjud “Oltiariq” gaz to‘ldirish stansiyasi va 8 ta gaz to‘ldirish shoxobchalarida mavsumga tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazildi. Belgilangan rejaga muvofiq joylarda nazorat tarozilari va manometrlar ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, zulfinlar, elektr yoritgichlar, yerlantirish (zazemleniya), chaqmoq qaytargichlarning sozligi teshirilib, elektr ta'minoti qurilmalari, yong‘inga qarshi suv purkagichlar, nasos va shlanglar mavsumga shay holga keltirildi.  Har bir shoxobchadagi vagon va avtosisternalardan suyultirilgan gazni maxsus sig‘imlarga to‘kib olish va maishiy gaz ballonlarga gaz quyish shlanglari ham sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, kompressor va nasoslarni texnik ko‘riklari ham belgilangan rejaga ko‘ra amalga oshirildi.

 

“Gaz to‘ldirish inshootlarimizda bugungi kunda 37 ta sig‘imlar mavjud bo‘lib, gaz saqlash quvvati 396 tonnani tashkil etadi. Bir oyda esa 45 ta gaz quyish kolonkalarimiz orqali 10 125 tonna gaz yetkazib berish imkoniyatiga egamiz. Iste'molchilarimizga 108 ta maxsus avtotransport vositalarida gaz yetkazib berilib, barcha mavsum uchun shay holatda ishlamoqda. Mavsum davomida hech bir xonadon “zangori yoqilg‘i”dan bebahra qolmaydi”, - deydi “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta'minoti filiali direktorining suyultirilgan gaz masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Muzaffar Abdurahmonov.

 

Ayni vaqtda “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta'minoti filiali tomonidan viloyatdagi 503 ming 915 ta iste'molchiga gaz yetkazib berishning oraliq muddati 40 kunni tashkil etmoqda. 794 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi mazkur iste'molchilarning 586 mingga yaqin maishiy gaz ballonlari mavjud bo‘lib, har bir iste'molchiga onlayn tizim asosida gaz yetkazilmoqda.

 

“Hududgaz Farg‘ona” gaz ta'minoti filiali

15
лет на рынке
"Hududgaz Farg'ona" GTF
yo'nalish haritasi
Filial ishonch telefon raqami:
Ish vaqti:  soat 9:00-18:00
Tushlik:13:00-14:00
Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba
Bizning Manzil:
Farg'ona viloyat, Farg'ona shahar  B.Marg'iloniy ko'chasi 76 uy.